Urganchda xotira turniri
Sport nafaqat kuch va mahorat sinovi, balki insonda iroda, vatanparvarlik va hurmat tuyg‘ularini ham shakllantiradi. Shu ma’noda Urganch shahrida o‘tkazilgan sambo bo‘yicha ustozlar xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy musobaqa sport ahli uchun nafaqat bellashuv, balki xotira va minnatdorlik tuyg‘ularini uyg‘otdi.
Ushbu musobaqada kattalar va o‘smirlar o‘rtasida g‘oliblik uchun keskin kurashlar bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada sambo va jangovar sambo yo‘nalishlarida kuch sinashgan sportchilar orasida Xorazm, Buxoro va Toshkent viloyatlari vakillari kattalar toifasida yuqori natijalarni qayd etib, sovrinli o‘rinlarni egallashdi.
O‘smirlar o‘rtasidagi bahslarda esa Xorazm viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro viloyati sportchilari o‘z mahoratlari bilan ajralib turishdi hamda musobaqaning eng yaxshi sportchilari qatoridan joy oldilar.

N.Rahmonova, O‘zA