French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Urganchda uch avlod vakillari uchrashdi
15:52 / 2022-04-27

"Mahalla" xayriya jamoat fondi Xorazm viloyati boshqaruvi tashabbusi bilan Urganch shahridagi 16-sonli umumta’lim maktabida uch avlod vakillari uchrashdi.

Unda tarix, bugun va kelajak yuzlashdi. Viloyatning barcha shahar va tumanlaridan mehnat faxriylari, islohotlar muvaffaqiyati yo‘lida jonbozlik ko‘rsatgan, o‘rta avlod vakillari va yoshlar uchrashib, dildan suhbatlashdi. 

Yoshi ulug‘ otaxon va onaxonlar o‘zlarining hayot va mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribasi, yoshlik davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, faxriylarga ko‘rsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida gapirib berdi. 

O‘rta avlod vakillari mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, yurtimizda yosh avlod vakillari uchun yaratilgan shart-sharoit haqida so‘z yuritar ekan, yoshlar ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar, o‘zlari erishayotgan yutuqlari to‘g‘risida tayyorlangan sahna ko‘rinishlarini namoyish etdi. Ishtirokchilar uchun iftorlik dasturxoni yozildi. 

O‘zA