Urganchda qishning ilk qori yog‘di
FOTOREPORTAJ
Xorazm viloyati Urganch shahrida bugun qishning ilk qori yog‘di. Ertalabdan havo harorati pasayib, osmondan mayin qor parchalari tusha boshladi. Ko‘chalar, daraxtlar va tomlar oq libosga burkanib, shaharga o‘zgacha go‘zal manzara baxsh etdi.
[gallery-27282]
Qor yog‘ishi yo‘llarda harakatni biroz sekinlashtirdi, tozalash ishlariga kirishildi. Ko‘chalar qorbo‘ron o‘ynagan, yaxmalak uchgan, “Qorbola” yasagan o‘g‘il-qizlar bilan to‘ldi.
Behzodbek SAIDOV (surat), O‘zA