Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Urganchda “Konstitutsiya ko‘chasi”
00:51 / 2025-12-06

8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan Urganch shahridagi Amir Temur istirohat bog‘ida “Konstitutsiya ko‘chasi” tashkil etildi.

Tadbir doirasida ko‘chada maxsus ma’lumot stendlari, ko‘rgazmali materiallar va interaktiv burchaklar joylashtirildi.

Shuningdek, harbiy tuzilmalar, huquq-tartibot idoralari va boshqa tashkilotlar tomonidan ko‘rgazmalar tashkil etilib, fuqarolarga ularning faoliyati, xizmat jarayonlari hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

[gallery-26589]

-  Konstitutsiya har bir davlat taraqqiyotining poydevori bo‘lgan huquqiy, siyosiy va mafkuraviy hujjat – mamlakatning Asosiy qonuni hisoblanadi, —deydi Majburiy ijro byurosi Xorazm viloyat boshqarmasi axborot xizmati rahbari Ruslan Matnazarov. —Mana o‘ttiz uch yildirki,Bosh qomusimiz mamlakatimizda inson va fuqarolarining asosiy huquq va erkinliklari, mustaqil demokratik davlatimiz, erkin jamiyatimizning mustahkam huquqiy asosi bo‘lib xizmat qilmoqda.

Mazkur ko‘cha fuqarolarni Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati, unda belgilangan asosiy huquq va erkinliklar bilan yaqindan tanishtirishga xizmat qiladi.

Ahmadjon Shokirov,

Behzod Saidov (surat),

O‘zA muxbirlari