Urganchda ko‘chat ekish mavsumi boshlandi
FOTOREPORTAJ
Xorazm viloyati Urganch shahrida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida navbatdagi ko‘chat ekish tadbirlariga start berildi.
Mavsum boshlanishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda nuroniylar, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda Urganch shahar hokimi Bunyod Rajabov so‘z olib, ko‘chat ekish uchun har bir hududning tuproq sharoitidan kelib chiqish, sug‘orish va parvarishlash ishlarini tizimli tashkil etish, daraxtlarni parvarishlash uchun mas’ullarni belgilash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Shuningdek, daraxtlarni muhofaza qilish yo‘nalishida jamoatchilik nazoratini yanada oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.
[gallery-16001]
Behzodbek SAIDOV (surat), O‘zA