Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Urganchda fidjital sport o‘yinlari o‘tkazildi
10:19 / 2025-10-20

FOTOREPORTAJ

Xorazm viloyati Urganch shahrida fidjital sport o‘yinlarining respublika bosqichi musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

“Yoshlik” sport majmuasida start olgan musobaqa O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligi, Fidjital sport federatsiyasi, Xorazm viloyati sport boshqarmasi hamda “O‘ztelekom” AJ hamkorligida tashkil etildi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy va Buxoro viloyatlaridan jami 336 nafar sportchi fidjital futbol – FIFA24 2x2, fidjital basketbol – 3×3 kabi yo‘nalishlarida o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazdi. 

[gallery-25795]

Ta’kidlash kerak, mazkur musobaqa 2026 yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Kelajak o‘yinlari” uchun saralash bahsi hisoblanadi.

Behzodbek SAIDOV (surat), O‘zA