FOTOREPORTAJ
Urganch shahrida Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi hamkorligida “Eng yaxshi yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
[gallery-24841]
Tanlovda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va uning tarkibiy tuzilmalarida xizmat qilayotgan yosh harbiy xizmatchilar hamda xodimlar faol ishtirok etdi. Tanlov yakuniga ko‘ra, birinchi o‘ringa Shahodat Husainova loyiq ko‘rilib tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Keyingi o‘rinlar Nodir Ahmedov va Shohruh Xushbaqovga nasib etdi. G‘olib va sovrindorlar diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Behzodbek SAIDOV(surat), O‘zA