Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Urganchda bogʻcha tarbiyalanuvchilariga nisbatan kuch ishlatgan tarbiyachi ishdan boʻshatildi, mudiraga intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgan
20:40 / 2019-10-26

Joriy yilning 24-oktyabr kuni Urganch tumani 2-sonli Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi S.S.oʻzi rahbarlik qiladigan guruh tarbiyalanuvchilariga nisbatan kuch ishlatayotganligi aks etgan video keng ommaga tarqatilgan edi.


Joriy yilning 24-oktyabr kuni Urganch tumani 2-sonli Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi S.S.oʻzi rahbarlik qiladigan guruh tarbiyalanuvchilariga nisbatan kuch ishlatayotganligi aks etgan video keng ommaga tarqatilgan edi. Holat yuzasidan Maktabgacha taʼlim vazirligi dastlabki rasmiy maʼlumotni taqdim etgan.

Vazirlik axborot xizmati xabarida keltirilishicha, shu kunning oʻzidayoq bu ish qonun doirasida koʻrib chiqilishi uchun Xorazm viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi tomonidan Xorazm viloyati prokuraturasiga va viloyat Ichki Ishlar Boshqarmasiga xatlar yuborilgan. Tarqatilgan video haqiqatdan ham Urganch tumanidagi 2-sonli Maktabgacha taʼlim tashkilotidagi kuzatuv kameralaridan olinganligi aniqlandi. Ayni vaqtda holat huquq-tartibot organlari tomonidan oʻrganilmoqda. Tarbiyachi S.S. 25-oktyabr kuni ishdan boʻshatilgan, bogʻcha mudirasi Q.L.ga nisbatan mehnat qonunchiligiga asosan intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi.

Tarbiyalanuvchilarning ota-onalari, mutasaddilar va OAV vakillari ishtirokida 25-oktyabr kuni oʻtkazilgan matbuot anjumanida viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi vakili I.Qurbanov yigʻilgan barcha ota-onalardan uzr soʻragan holda tarbiyachi S.S. ishlagan guruhdagi bolalar psixologik reabilitatsiyasi uchun eng tajribali psixolog va pedagoglar jalb qilinishini bildirdi.

Sodir etilgan holat yuzasidan tegishli xodimlarga nisbatan qonuniy choralar koʻrilishi nazoratga olinganligi maʼlum qilindi.