Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Urganch tadbirkorlar uchun ochiq muloqot maydoniga aylandi (+video)
19:17 / 2026-02-10

Xorazm viloyatining Urganch shahrida tashkil etilgan “Soliq forumi – 2026” biznes muloqotda 500 nafardan ortiq tadbirkorlar, hisobchilar hamda yirik soliq to‘lovchilar, faol yoshlar ishtirok etib, joriy yil soliq qonunchiligiga kiritilgan 110 dan ortiq yangilik va o‘zgartishlar xususida batafsil so‘z yuritildi.

Soliq ma’murchiligini soddalashtirish, yashirin iqtisodiyotning oldini olish, shaffoflikni ta’minlash hamda ixtiyoriy soliq to‘lashni rag‘batlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Forum doirasida mazkur yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan va rejalashtirilayotgan muhim o‘zgarishlar oddiy va tushunarli tarzda izohlab berildi.

[gallery-27576]

– Bugungi uchrashuv bu ishonch, ochiqlik va o‘zaro hamkorlikni mustahkamlovchi muhim tadbir bo‘ldi deb bilaman, – deydi Xorazm viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Saidov. – Joriy yilda soliq qonunchiligiga 110 ta o‘zgarishlar kiritildi. Bugungi tadbirda ularning deyarli barchasi tushuntirildi. Tadbirkorlar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. Ularning ko‘pchiligi yaratilgan imkoniyatlardan mamnun ekanliklarini bildirdi.  

Tadbir yakunida 10 nafardan ortiq namunaviy soliq to‘lovchilar e’tirof etilib, Soliq qo‘mitasi raisining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/1pUErN5HfG8" title="Urganch tadbirkorlar uchun ochiq muloqot maydoniga aylandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Ahmadjon Shokirov, Behzod Saidov (surat, video), O‘zA muxbirlari