“Urganch sharob” AJda o‘rganish ishlari o‘tkazildi
Departament qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tomonidan Xorazm viloyatining Urganch shahrida joylashgan “Urganch sharob” AJda o‘rganish ishlari o‘tkazildi.
O‘rganishda alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish sexidagi hisobga olish axborot tizimiga axborot uzatuvchi elektron hisoblagichni texnik jihatdan yangilash ishlari olib borildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu korxona 1936 yilda tashkil etilgan bo‘lib, ayni paytda bu yerda 100 ga yaqin mahalliy aholi ish bilan ta’minlangan.
Korxonaning 2 ta vino qabul qilish punkti mavjud bo‘lib, yiliga 4 ming 200 tonna uzumni qayta ishlash quvvatiga ega.
Shuningdek, korxonada o‘tgan 2022 yilda 84 ming dekalitr, 2023 yilda 120 ming dekalitr alkogol mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Inspeksiya tomonidan ishlab chiqaruvchi korxonalarda o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlar muntazam davom etadi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA