French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Urganch garnizonidagi harbiy qismda yangi ob’ektlar foydalanishga topshirildi
08:33 / 2024-01-12

FOTOREPORTAJ

Mamlakatimiz Qurolli Kuchlarini isloh etish orqali harbiy qism va muassasalardagi harbiy ob’ektlarning infratuzilmasini takomillashtirish, eskilari o‘rniga yangilarini barpo etish ishlari samarasi o‘laroq bugungi kunda jangovar-xizmat, o‘quv-tarbiyaviy jarayonlar tubdan yaxshilanib, joylarda zamonaviy shart-sharoitlar yaratilishiga erishilmoqda.

Jumladan, Urganch garnizonidagi harbiy qismda qorovulxona, nazorat-texnik punkti, jangovar va harbiy texnikalarni saqlash uchun yopiq turdagi bokslar hamda qorovul shaxsiy tarkibini tayyorlash shaharchasi qayta qurilib, foydalanishga topshirildi.  

Ob’ektlarni foydalanishga topshirish marosimida Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, general-mayor Farhod Shermatov, Xorazm viloyati hokimligi, Qurolli Kuchlar faxriylari, quruvchilar hamda harbiy xizmatchilar ishtirok etdi. Harbiy, jangovar va maxsus texnikalarni saqlash uchun mo‘ljallangan parkning muhim elementi hisoblangan nazorat-texnik punkti hamda texnikalarni sovuq va issiqdan, yomg‘ir va qordan, chang-to‘zondan himoyalash, doimiy jangovar shay va soz holatda ushlab turishni ta’minlashga mo‘ljallangan bokslar barcha qulayliklar bilan bunyod qilingani e’tirof etildi.

[gallery-15416]

Tadbir davomida mehmonlar harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu ob’ektlarning sifatli qurilishini ta’minlab bergan quruvchilarga minnatdorlik bildirildi.

Behzodbek SAIDOV (surat), O‘zA