Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Urganch chindan ham “aqlli” shaharmi?
17:43 / 2025-12-25

Xorazmda Urganch shahri tajribasi asosida sun’iy intellekt texnologiyalarini davlat boshqaruvi va jamoat xavfsizligi tizimiga joriy etish masalalariga bag‘ishlangan respublika o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminar davlatimiz rahbarining 2025 yil 1-2 may kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi chog‘ida berilgan topshiriqlariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Ichki ishlar, Raqamli texnologiyalar vazirliklari, Sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish departamenti, «Uzkosmos» agentligi, Kiberxavfsizlik markazi davlat unitar korxonasi, Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi, Toshkent shahri, viloyatlar hokimliklari hamda Urganch shahri hokimligi hamkorligida tashkil etildi.

O‘quv- seminarlar “Urganch shahrida aqlli va raqamli jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimi” va “Sun’iy intellektda boshqariluvchi hokimlik” loyihalari bo‘yicha olib borildi.  

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalarda raqamli texnologiyalar, jumladan, sun’iy intellekt asosida boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yish, jamoat xavfsizligini mustahkamlash, shahar infratuzilmasini zamonaviy axborot tizimlari bilan uyg‘unlashtirish ustuvor yo‘nalish sifatida alohida e’tirof etilgan, – deydi Urganch shahar hokimi Bunyod Radjabov.  – Bugungi kunda Urganch shahrida «Aqlli shahar» konsepsiyasi doirasida mahallalar bo‘yicha real vaqt rejimida 380 dan ortiq ma’lumotlar integratsiya qilingan bo‘lib, ushbu axborotlar boshqaruv qarorlarini tezkor va asosli qabul qilishga xizmat qilmoqda. Bu esa sun’iy intellektga asoslangan boshqaruv modelini bosqichma-bosqich joriy etish yo‘lida muhim qadam hisoblanadi.

Ayni kunlarda “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasi doirasida “Urganch - aqlli shahar” tizimi yagona axborot-tahlil monitoring markazi tashkil qilingan bo‘lib, ayni damda ushbu tizim 90 foizga raqamlashgan.  Tizim faoliyatida inson omili minimallashtirilgan.  

  – “Urganch aqlli shahar”  tizimi 200 dan ortiq modulni o‘z ichiga olgan, – deydi dastur asoschisi   Dilmurod Rajabov. – Shuningdek, tizim  “Vialon” hamda “Elektron hukumat” tashqi tizimlariga integratsiya qilindi. Bu kompleks tizimda hokimlik yurituvidagi barcha hisobot ma’lumotlari to‘liq raqamlashtirilgan. Sun’iy intellekt orqali ko‘p sonli xodimlarning ishini qisqa muddatda ularsiz amalga oshirish, murojaatlarni prognoz qilish, aqlli texnologiyalarni joriy qilish, muammolarni oldindan aniqlash va bartaraf etish masalalarida katta yutuqlarga erishishni maqsad qildik. Bu esa  hokimlikdagi xodimlarining kunlik o‘rtacha 2-3 soat vaqtini tejab, bu vaqtni xalqning ichiga kirishga hamda ko‘proq manzilli ishlashga sarflashini bildiradi. Asosiy maqsadimiz ham mavjud muammolarni ijobiy hal etibgina qolmasdan, sun’iy intellekt orqali holatni erta aniqlab, bartaraf qilib, xalqimizning roziligiga erishishdir.  

[gallery-26906]

Seminar davomida “O‘zbekistonda  sun’iy  intellekt texnologiyalarini  rivojlantirish  doirasida amalga oshiriladigan  islohotlar”, “Sun’iy intellektda boshqariluvchi hokimlik”, “AI Kengash” modulining  imkoniyatlari,  “Mahallalarda 24/7  raqamli  boshqaruv –  “Mahalla 24”,  ozodlikdan mahrum qilish  bilan  bog‘liq bo‘lmagan  jazolarni  onlayn  nazorat  –   “PROB24”   va xodimlarning  malakasini oshirish  bo‘yicha  yaratilgan “e-akademiya”  dasturlari   institutsional mexanizmlari”, “Urganch  shahrida sun’iy  intellekt texnologiyalari  yordamida  ko‘cha  va  jamoat  joylarida huquqbuzarliklarni  aniqlash, keng  jamoatchillik  va innovatsion  patrullikni  yo‘lga  qo‘yish,  “Urganch  shahrida  aqlli  svetafor yordamida  yo‘l  harakatini  boshqarish  tizimi”, “Shaharning 3D” xaritasi  imkoniyatlari  va  hokimlik bilan  hamkorlikdagi  loyihalar  samaradorigi”, “Sun’iy  intellekt  texnologiyalari va ularni ish jarayonida qo‘llash” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.  

O‘tkazilgan o‘quv-seminar ishtirokchilar uchun nafaqat bilim va tajriba almashish, balki kelgusida amaliy loyihalarni hayotga tatbiq etish uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi.

Ahmadjon Shokirov,

Behzod Saidov (surat), O‘zA muxbirlari