Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi tashkil etiladi
11:26 / 2025-11-21

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Qarorda: 

a)  urbanizatsiya va uy-joy sohasida davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish; 

b) O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish; 

v) urbanizatsiya va uy-joy sohasida davlat organlari o‘rtasida o‘zaro integratsiyani tashkil etgan holda hamkorlikni yanada rivojlantirish; 

g) urbanizatsiya va uy-joy sohasida yetakchi xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish tartibi belgilab berilgan. 

Qarorga muvofiq, quyidagi masalalarni o‘z ichiga olgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Milliy qo‘mita bilan majburiy kelishilishi shart: 

a) uy-joylar qurilishida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari; 

b) Nukus va Toshkent shaharlarida, viloyatlar markazlari va boshqa aglomeratsiyalarda uy-joy hamda noturar joy majmualarini qurish loyihalarini amalga oshirish; 

v) "Yangi O‘zbekiston" massivlarida va boshqa massivlarda ko‘p kvartirali uylar qurilishi bo‘yicha yillik maqsadli ko‘rsatkichlarni tasdiqlash; 

g) kompleks qurilish loyihalari amalga oshiriladigan va "Yangi O‘zbekiston" massivlari quriladigan hududlarni belgilash. 

Milliy qo‘mita boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 50 ta shtat birligidan iborat bo‘ladi. 

Milliy qo‘mita loyihaviy boshqaruv tamoyili asosida rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish uchun mahalliy va xorijiy mutaxassis va ekspertlarni, shu jumladan, olimlar, ilmiy izlanuvchilar va tadqiqotchilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida jalb qilishi (ishga olishi) mumkin. 

Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom ham tasdiqlandi.

Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasining maqomi, vazifalari, funksiyalari, vakolatlari va faoliyatining tashkiliy asoslarini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional majburiyatlari hamda javobgarligini belgilaydi. 

Milliy qo‘mita o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobdordir.

Milliy qo‘mita tomonidan o‘z vakolati doirasida qabul qilingan qarorlar davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va idoralar, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun bajarilishi majburiy hisoblanadi.

O‘zA