Uralov Nuriddin Bekmuradovichning kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Yerosti suvlari tarkibidagi yodid ionini ba’zi aminlar yordamida konsentrlash va ajratish usulini ishlab chiqish” mavzusida
Uralov Nuriddin Bekmuradovichning 02.00.02 – Analitik kimyo ixtisosligi bo‘yicha “Yerosti suvlari tarkibidagi yodid ionini ba’zi aminlar yordamida konsentrlash va ajratish usulini ishlab chiqish” mavzusidagi kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 30-dekabr kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Termiz shahri, Barkamol avlod ko‘chasi, 43-uy. Termiz davlat universiteti.
Tel.: (76) 221-74-55; Faks: (76) 221-71-17
e-mail: termizdu@umail.uz