English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ural Airlines” ning Moskva – Fargʻona yoʻnalishida parvoz qilayotgan samolyoti favqulodda qoʻndirildi
18:30 / 2019-11-10

Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligi Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgani va marhum tanasini vatanga qaytarish bilan bogʻliq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar hal qilinayotganini maʼlum qildi.


2019-yilning 8-noyabr kuni Moskva – Fargʻona yoʻnalishidagi “Ural Airlines” aviakompaniyasi samolyoti parvozi chogʻida Oʻzbekiston fuqarosi G.T. oʻzini yomon his qilgani sababli Samara shahrining “Kurumoch” aeroportida favqulodda qoʻnishga qaror qilingan. Mamlakatimizning Rossiya Federatsiyasi Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi xabariga koʻra samolyot reanimatsiya va tez tibbiy yordam mashinalari bilan kutib olingan boʻlsada G.T. shifokorlar kelguniga qadar vafot etgan.

Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligi Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgani va marhum tanasini vatanga qaytarish bilan bogʻliq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar hal qilinayotganini maʼlum qildi.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila-aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, Rossiyaning Volga boʻyi federal okrugi hududidagi hamyurtlarimiz zarur hollarda mamlakatimizning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilishlari mumkinligini eslatib oʻtgan.