Uolts: BMT yana buyuk tuzilmaga aylanadi
AQSHning BMTdagi doimiy vakili lavozimiga nomzod Maykl Uolts mazkur xalqaro tashkilotni "buyuk" bo‘lishiga ishonch bildirib, "hamma gapira oladigan" minbarga aylanishi muhimligini targ‘ib qildi.
- BMT hamma gapira oladigan dunyodagi yagona joy bo‘lishi kerak, - dedi Uolts Senat Tashqi aloqalar qo‘mitasidagi tinglovda. - Bu yerda Xitoy, Rossiya, Yevropa, rivojlanayotgan davlatlar birlashib, mojaroni hal qila oladi. Afsuski, 80 yildan so‘ng takshilot asosiy tinchlikparvar missiyasidan uzoqlashgan. Nizom va ta’sis tamoyiliga qaytishimiz kerak.
Shu bilan birga mulozim asosiy e’tiborini Xitoy Kommunistik partiyasining nojo‘ya niyatli xatti-harakatiga qaratmoqchi.
- Ishonchim komilki, AQSHning hozigi Prezidenti boshchiligida biz tinchlik va farovonlikni yoyishda davom etamiz, biz BMTni yana buyuk qila olamiz, degan Uolts.