Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) 2023 yilda xalqaro sayohat qamrovi pandemiya davrigacha kuzatilgan darajaning 80-95 foizini tashkil qilishini bashorat qilmoqda.
Iqtisodiy omillar va geosiyosiy noaniqlik turizm ko‘rsatkichiga ta’sir qilishi mumkin. Shunga qaramay, ichki va mintaqaviy sayohatga talab ortishi sayyohlik tarmog‘i keng miqyosda tiklanishiga yordam beradi.
Tashkilot taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, 2022 yil xalqaro miqyosda 900 milliondan ziyod, ya’ni 2021 yilga nisbatan ikki barobar ko‘p sayohat amalga oshgan. Afsuski, bu pandemiya davrigacha bo‘lgan darajaning bor-yo‘g‘i 63 foizi.
2019 yil jahon sayyor turizmning eng yirik bozoriga aylangan Xitoyda COVID-19 bilan bog‘liq cheklovlar bekor qilinishi Osiyo-Tinch okeani hududi va umuman dunyo bo‘ylab turizm tarmog‘i tiklanishi yo‘lidagi muhim qadam bo‘ladi.
Qayd etish joiz, o‘tgan yil eng yuqori turistik faollik Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlarida kuzatilgan.
G. Abdullayeva, O‘zA