Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Unumli mehnat – mo‘l hosil omili
15:41 / 2014-07-15

Joriy yilda Surxondaryo viloyatida uch mingdan ortiq fermer xo‘jaligi 119 ming 600 gektar maydonda g‘o‘za parvarishlamoqda.

Joriy yilda Surxondaryo viloyatida uch mingdan ortiq fermer xo‘jaligi 119 ming 600 gektar maydonda g‘o‘za parvarishlamoqda.

Prezidentimiz rahnamoligida agrar tarmoqda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar yerga egalik tuyg‘usini kuchaytirib, mavjud maydonlardan unumli foydalanish hamda paxtachilikni serdaromad tarmoqqa aylantirishga xizmat qilayotir. Fermer xo‘jaliklarini zarur mineral o‘g‘it, yoqilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlash va sifatli servis xizmati ko‘rsatishning keng yo‘lga qo‘yilgani yutuqlar omili bo‘lmoqda.

Viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, paxtachilikda boy tajribaga ega voha fermerlari “Namangan-77”, “Buxoro-102”, “Sulton”, “Beshqahramon” kabi mahalliy iqlimga mos, ertapishar, serhosil g‘o‘za nihollarini parvarishlamoqda. Ob-havo nisbatan issiq kelayotgan bu yilgi sharoitda paxtakorlar tungi sug‘orish, mahalliy va mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, chopiq qilish ishlarini ilg‘or agrotexnik tadbirlar asosida amalga oshirayotir. G‘o‘za nihollarini chekanka qilish, begona o‘tlardan tozalashda tajribali mutaxassislar maslahati qo‘l kelmoqda.

Qumqo‘rg‘on tumanidagi 267 fermer xo‘jaligi 9 ming 177 gektar maydonda g‘o‘za parvarishlamoqda. Suv resurslaridan tejab foydalanish, zararkunandalarga qarshi biologik usulda kurashish, mahalliy va mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirishga e’tibor kuchaytirilayotir. Qator oralarini begona o‘tlardan tozalab, kul’tivatsiya qilish, g‘o‘za bargini belgilangan muddatlarda chilpish ishlari ham tez va sifatli amalga oshirilmoqda.

– G‘o‘za nozik, parvarishtalab o‘simlik, – deydi tumandagi “Chorvador” fermer xo‘jaligi rahbari Rahmiddin Sharopov. – Bu oyda shonalab qolgan hosilni to‘liq saqlab qolish uchun tajribali dehqonlarimiz maslahatiga amal qilib, ish yuritmoqdamiz. Ayni kunlarda ekin maydonlaridagi har tup g‘o‘zada 8-10 tadan ko‘sak bor. Shu kungacha nihollarni to‘rt marta sug‘orib, besh marta kultivatsiya qildik. Xo‘jaligimizda sharbat usulida sug‘orish keng joriy etilgan. Bu usul ekin maydonlari qotib qolishining oldini olib, tuproq sifatini yaxshilaydi. Namlikning uzoq saqlanishini ta’minlab, hosilga hosil qo‘shadi.