Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Unumdor yer qatlamiga zarar yetkazgan fermer xo‘jaligi rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
12:14 / 2021-06-28

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tuman bo‘limi tomonidan tumandagi «O.» fermer xo‘jaligida tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Aniqlanishicha «O.» fermer xo‘jaligiga g‘allachilik-sabzavotchilik-uzumchilik bilan shug‘ullanishi uchun 52,4 gektar yer maydoni ajratilgan bo‘lgan.  

 Lekin mazkur fermer xo‘jaligi rahbari o‘ziga ajratilgan yerdan belgilangan yo‘nalishlarda foydalanmasdan bino-inshoot qurishga ruxsat beruvchi hujjatlari mavjud bo‘lmasa-da, o‘zboshimchalik bilan 0,20 gektar yerda qurilish ishlarini amalga oshirgan.  

 Shuningdek 0,18 gektar yerning unumdor qatlamidan tuproq kavlab olganligi natijasida jami 0,38 gektar yer maydonining qishloq xo‘jaligi oborotidan chiqishiga yo‘l qo‘yib, davlat va jamiyat manfaatlariga 279,6 mln. so‘m zarar yetkazilganligi aniqlangan.  

 Mazkur holat yuzasidan fermer xo‘jaligi rahbari U.Q. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 229-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.  

 

 

 

 

 

O‘zA  

 

 

 

(Shuhrat Ne’matov)