French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Universitetda “Yosh ekopatrul” guruhi tashkil etildi
02:00 / 2022-03-01

FOTOREPORTAJ

Joriy yilning 2 fevral kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ekologiya sohasidagi dolzarb masalalar muhokama qilinib, bu borada bajarilishi lozim bo‘lgan qator vazifalar belgilangan edi. 
Ushbu ko‘rsatma va topshiriqlarning amaldagi ijrosi sifatida Namangan davlat universitetida ekologiya ta’lim yo‘nalishining iqtidorli talabalaridan iborat “Yosh ekopatrul” guruhi tashkil etildi. 

[gallery-5935]
Mazkur guruhning asosiy vazifasi universitet hududidagi daraxt ko‘chatlari hisobini yuritish, rivojlanish holatini nazorat qilish hamda doimiy muhofaza qilishdan iborat. “Yosh ekopatrul” guruhi talaba yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni rivojlantirish bo‘yicha turli seminarlar, uchrashuvlar va profilaktik targ‘ibot tadbirlarini ham tashkil etib boradi. Shuningdek, ushbu guruhning tashkil etilishi talabalarning nazariy bilimini amaliyotda mustahkamlash imkonini ham beradi.

 

 Hotam MAMADALIEV (surat),O‘zA