Universitetda yangi o‘quv yili tantanali boshlandi
FOTOREPORTAJ
Termiz davlat universitetida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida yangi o‘quv yili boshlanishiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Unda universitet mas’ullari, professor-o‘qituvchilar, birinchi bosqich talabalari va ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Marosimda so‘z olganlar talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan yoshlarni qutlab, ularga ezgu tilaklar bildirdi.
So‘ng auditoriyalarda “Mustaqillik darslari” o‘tkazildi. Yangi o‘quv yilining ilk mashg‘ulotlarida Vatanga sadoqat, mustaqillik qadri va yoshlarga yuklatilgan mas’uliyat haqida so‘z yuritildi.
[gallery-25154]
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA