Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Universitetda ochiq muloqot
09:20 / 2026-02-11

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida “O‘qituvchilar salohiyatini oshirish” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan  tasdiqlangan media-reja asosida tashkil etilgan tadbirda filial rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Ochiq muloqotda filialda amalga oshirilayotgan ishlar va pedagoglarning ilmiy hamda kasbiy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar muhokama qilindi. Shuningdek, qo‘shni davlatlar – Qozog‘iston va Qirg‘iz Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan tuzilgan shartnoma asosida filialga jalb qilingan yuqori malakali pedagoglarning dars jarayonida faol ishtirok etayotgani ta’kidlandi. Bu jarayon talabalarning bilim doirasini kengaytirish va pedagoglar salohiyatini yuksaltirishda muhim qadam sifatida ko‘rsatildi.

Shuningdek, filial o‘qituvchilari xorijiy oliy o‘quv yurtlariga tashrif buyurib, ilmiy va kasbiy tajriba orttirib qaytmoqda. Shu bilan birga, Xitoy, Rossiya va Turkiya professorlari onlayn ma’ruzalar orqali talabalarga ilmiy va amaliy tajriba taqdim etmoqda. 

Shuningdek, tadbirda oliy o‘quv yurti rahbariyati hamda pedagoglar o‘rtasida ishonchni mustahkamlash, muammolarni ochiq muhokama qilish va ta’lim sifatini yanada yaxshilashda alohida ahamiyatga ega ekani qayd etildi. Bu tadbir filialda bilim va tajriba almashish, pedagoglar salohiyatini yuksaltirish va talabalarning zamonaviy va xalqaro standartlarga muvofiq bilim olishida amaliy namuna sifatida xizmat qiladi.

Tadbirda ishtirok etgan mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari bu borada o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri.