Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Universitetda “Nazm va navo kechasi” bo‘lib o‘tdi
12:46 / 2026-02-14

FOTOREPORTAJ

Andijon davlat universitetida buyuk mutafakkirlar — Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan “Nazm va navo kechasi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi.

Unda professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda mehmonlar ishtirok etdi. Tadbir davomida ikki buyuk siymoning hayoti va boy ilmiy-adabiy merosi, ularning milliy adabiyot va ma’naviyat taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi xususida fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, viloyat madaniyat boshqarmasi, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi viloyat bo‘limi va O‘zbek milliy maqom san’ati markazi hududiy bo‘limi san’atkorlari ishtirokida konsert dasturi taqdim etildi. Navoiy va Bobur asarlari asosida ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar kechaga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

[gallery-27664]

Qayd etilganidek, bunday tadbirlar yoshlarni milliy va ma’naviy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ajdodlar merosini keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA