Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Universitetda korrupsiyaga qarshi targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi
17:31 / 2021-10-12

Qoraqalpoq davlat universitetida "Korrupsiya – milliy-ma’naviy xavfsizlikka tahdid" mavzusida huquqiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi xodimlari va talabalarning ota-onalari ishtirok etdilar.

Tadbir mobaynida sud va boshqa organlar qarorlarini ijro etishda qonunchilik talablariga to‘liq rioya qilish, korrupsiyaning oldini olish, qonun buzilishlar, ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish bo‘yicha atroflicha tushuntirish berildi.

Qolaversa, ota-onalar tomonidan aholining huquqiy bilimini o‘stirishda xodimlar faolligini oshirish bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildirilgan.

 

Maftuna KARIMOVA, O‘zA