Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Universitetda karera kuni
17:53 / 2023-05-12

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti talabalari va bitiruvchilarining bandligini ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida ish beruvchilar bilan hamkorlikda “Karera kuni” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

bugungi kunda universitetda 8481 nafar talaba tahsil oladi va ularga 255 nafar professor-o‘qituvchilar saboq beryapti. Hozirda oliygohning ilmiy salohiyati 55,3 foizni tashkil etmoqda.  

– Universitetda sanoat, texnika-texnologiya, muhandislik sohalari uchun oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash maqsadida 2022/2023 o‘quv yilida yangi 3 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va 4 ta magistratura mutaxassisliklari joriy etildi, – deydi universitet rektori Baxtiyor Mardonov. – Bu yerda talabalarning ishlab chiqarish amaliyoti bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash maqsadida haftada 4 kun ta’lim va 2 kun “dual ta’lim” tamoyili asosida ishlab chiqarish korxonalarida amaliy va tajriba mashg‘ulotlarini o‘tish yo‘lga qo‘yilgani katta samara bermoqda.  

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, talabalar uchun “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Navoiyazot” AJ, “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJ, “Navoiyuran” DK va hududdagi boshqa sanoat korxonalari bilan tuzilgan shartnomalar asosida amaliyot davrida ish joyi bilan ta’minlash hamda ish haqi to‘lanadigan amaliyotlar tashkil etildi.  

– Men “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ tarkibidagi 5-gidrometallurgiya zavodida amaliyot o‘tadim, – deydi Kimyo-metallurgiya va konchilik fakulteti 4-bosqich talabasi Shahzod Suvonov. – Bu yerda biriktirilgan ustozim yordamida ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdim. Universitetda olgan nazariy bilimlarimni amaliyotda yanada boyitdim. Universitetda yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida Ispaniya, Rossiya, Belarus, Ukraina, Tojikiston davlatlari universitetlari bilan 7 ta ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida 2+2 hamda 1+1 shaklida qo‘shma ta’lim dasturlari joriy qilingan. Joriy yilda universitetni 689 nafar bakalavr hamda 88 nafar magistr bitirmoqda. Bitiruvchilarning 65,6 foizi NKMK bo‘limlarida, 6,8 foizi “Navoiyuran” korxonasida, 27,5 foizi boshqa korxona va tashkilotlarda amaliyot o‘tagan. Ularning aksariyati o‘zlari amaliyot o‘tagan ishlab chiqarish sub’ektlariga ishga joylashadi.  

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA