Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Universitetda do‘stlik bayrami
19:38 / 2025-07-28

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi hamda 30 iyul – Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan Buxoro davlat universitetida Oliy majlis huzuridagi fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi  viloyat bo‘linmasi bilan hamkorlikda “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida “Xalqlar do‘stligi – mamlakat birligi” mavzusida ma’naviy ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyatdagi milliy madaniy markazlarning rahbarlari, universitet professor-o‘qituvchilar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi. Ko‘hna va boqiy Buxoro qadim sharq sivilizatsiyasi beshiklaridan biri sifatida asrlar davomida millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik maskani bo‘lib kelgan. Bugungi kunda ushbu an’analar munosib davom etmoqda. Viloyatda 12 ta milliy-madaniy markaz faoliyat yuritmoqda. 

[gallery-24504]

– Buxoroda ayni paytda 4 ming nafarga yaqin turk millatiga mansub aholi istiqomat qiladi. Boshqa millat vakillari bilan aka-uka kabi ahil, inoq, do‘st-birodar bo‘lib quda-anda tutinganmiz. Markaz “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” g‘oyasi asosida o‘z faoliyatini olib bormoqda. Markazimiz uchun davlat rahbarining tashabbusi bilan barcha sharoitlar yaratilgan. Bayram tadbirida yurtimizda millatlararo munosabatlarni mustahkamlashda qo‘shgan hissasi uchun milliy madaniy markazlarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi, – deydi viloyat turk milliy-madaniy markaz rahbari Juma Shukurov. 

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari.