Andijon davlat universitetida “Ayollari ardoqlangan yurt” deb nomlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda universitetning professor-o‘qituvchi ayollari, talaba qizlari, ishchi-xodimalari ishtirok etdi.
Dastlab, katta ekranda bahorning ilk bayrami – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlab talaba yigitlar tomonidan tayyorlangan videorolik namoyish etildi, barcha ayol va qizlarga esdalik sovg‘alari ulashildi.
[gallery-10861]
Shundan so‘ng universitet rektori, professor Akromjon Yuldashev so‘z olib, jamoada ishlayotgan, tahsil olayotgan xotin-qizlarni bayram bilan muborakbod etdi. Ularning ta’limda, ilm-fanda erishayotgan yutuqlari, samarali mehnatlarini e’tirof etib, minnatdorchilik bildirdi.
Iqtidorli talabalar tomonidan muqaddas ayollarga, go‘zal va latofatli qizlarga, mehribon onalarga bag‘ishlab namoyish etilgan badiiy dastur – ijro etilgan kuy, qo‘shiq va raqslar, sahna ko‘rinishlari barchaga xush va bayramona kayfiyat ulashdi.
F. UBAYDULLAEV,
Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA