Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Universitet xodimining g‘ayrioddiy tijorati
23:25 / 2025-05-27

Harvard tibbiyot maktabi o‘likxonasining sobiq rahbari, 57 yoshli Sedrik Loj AQSHda ilmiy tadqiqot uchun mo‘ljallangan inson tanasi a’zolarini o‘g‘irlash va noqonuniy sotishda gumonlanib hibsga olindi.

Tergov natijasida u besh yil davomida o‘z jasadini fanga vasiyat qilgan odamlar organizmi bo‘laklarini o‘g‘irlagani aniqlandi. Universitet xodimi bosh, miya, teri va suyak sotgan ekan. Bu haqda “People” gazetasi xabar berdi.

Xayriya shartiga ko‘ra, ixtiyoriy ravishda topshirilgan tana tajriba yakunlangach kuydirilishi, ko‘milishi yoki oilasiga qaytarilishi lozim edi. Loj esa gavda qismlarini oldinroq qo‘lga kiritgan.

Ayblov xulosasida aytilishicha, jinoyatchiga rafiqasi yordam bergan. Ya’ni, "mahsulot"ni xaridorlarga o‘n minglab dollar evaziga jo‘natgan.

Masalan, Pensilvaniyadan faqat birgina mijoz oilaga uch yil davomida 37 000 dollardan ko‘p pul o‘tkazgan. Ayblanuvchining turmush o‘rtog‘i ham aybiga iqror bo‘lgan. Uning ishi bo‘yicha hali qaror qabul qilinmagan.