Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Universitet imkoniyatlari tanishtirildi
16:52 / 2026-03-06

Guliston shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filialida Yangi O‘zbekiston universiteti hamda Al-Xorazmiy universiteti vakillari ishtirokida o‘quvchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Yangi O‘zbekiston universiteti vakillari Pinto Gonsalo va Asqar Abdikamalov, shuningdek, Al-Xorazmiy universiteti professori, italiyalik fizika fani o‘qituvchisi Sosimo Buffone hamda universitet Registrator ofisi bosh mutaxassisi Izzatbek Asadov qatnashdi.

Uchrashuv davomida mehmonlar o‘zlari faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasalarida yaratilgan ta’lim yo‘nalishlari, xalqaro hamkorlik dasturlari, qabul jarayonlari hamda talabalar uchun mavjud imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi.

Al-Xorazmiy universiteti professori Sosimo Buffone fizika sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, zamonaviy laboratoriyalar faoliyati va xalqaro tajriba almashinuvi haqida to‘xtalib, yoshlarni ilm-fanga qiziqishni oshirishga chaqirdi.

Uchrashuv davomida o‘quvchilar universitetlarga qabul shartlari, grant imkoniyatlari, talabalar hayoti hamda xalqaro ta’lim dasturlari yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etdi. Mutaxassislar tomonidan ularga batafsil javoblar berildi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri