English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Universitet binosining yangi qiyofasi
11:54 / 2016-01-13

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining bosh binosi mukammal ta’mirdan so‘ng foydalanishga topshirildi.

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining bosh binosi mukammal ta’mirdan so‘ng foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi o‘rinbosari O.Hamroyev va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar yuksak samaralar berayotganini ta’kidladi.

Davlatimiz rahbarining 2011-yil 20-maydagi “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiyalash va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilgan ta’mirlash ishlariga 13 milliard 150 million so‘mdan ziyod mablag‘ sarflandi. O‘quv binosi zamonaviy o‘quv-uslubiy uskunalar bilan to‘liq jihozlandi.

8 (4).JPG

– Manzilli dasturga ko‘ra, joriy yilda ham bunyodkorlik ishlari davom ettiriladi, – deydi universitet rektori Murod Jumanov. – 2 o‘quv binosi, axborot-resurs markazi, 2 talabalar yotoqxonasi rekonstruksiya qilinib, 24x42 hajmdagi sport majmuasi yangidan bunyod etiladi.

Bugungi kunda universitetning 10 fakultetida 7 ming 800 dan ziyod talaba-yoshlar zamonaviy sharoitlarda tahsil olmoqda. Talabalar orasida 5 nafar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, 6 nafar Mirzo Ulug‘bek nomidagi, 11 nafar Alisher Navoiy nomidagi va 40 dan ziyod Berdaq nomidagi davlat stipendiyasi sohiblari bor. Shuningdek, sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha 1 nafar jahon va 4 nafar Osiyo chempioni, 27 nafar O‘zbekiston chempioni o‘quv dargohining faxri hisoblanadi.

Tadbir doirasida universitetning texnika fakulteti talabalari tomonidan yaratilgan qurilish loyihalari, inshootlar maketi va tasviriy san’at ishlarining ko‘rgazmasi tashkil etildi.