English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Universiada tadbirlarga boy bo‘lmoqda
18:30 / 2016-05-26

“Universiada – 2016” sport o‘yinlari doirasida Farg‘ona politexnika institutida FIFA referisi Ravshan Ermatov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“Universiada – 2016” sport o‘yinlari doirasida Farg‘ona politexnika institutida FIFA referisi Ravshan Ermatov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.Vahobov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning sport bilan shug‘ullanishi uchun shart-sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilayotgani samarasida xalqaro musobaqalarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilayotgan sportchilarimiz safi kengayib borayotganini ta’kidladi.

O‘zbek hakami Ravshan Ermatovning futbol olamida erishayotgan ulkan natijalari buning yaqqol tasdig‘idir.

R.Ermatov besh marotaba “Osiyoning eng yaxshi hakami” deb e’tirof etilgan. Xalqaro futbol uyushmalari federatsiyasi 2011-yilda uni “Jahonning eng yaxshi hakami” sifatida tan oldi. R.Ermatov 2014-yili Braziliyada o‘tkazilgan futbol bo‘yicha jahon chempionatida jami to‘rtta uchrashuvda hakamlik qildi va jahon chempionatlari final bosqichida eng ko‘p – 9 uchrashuv boshqarib, dunyo rekordini o‘rnatdi. Bu bilan o‘zbek sportchilari ham dunyoda hech kimdan kam emasligini amalda yana bir karra isbotladi.

R.Ermatov futbol olamining nufuzli mukofotlaridan biri – “Globe Soccer Awards – 2015” sovrinini qo‘lga kiritgan.

– Har bir sportchi nufuzli musobaqalarda ishtirok etishni orzu qiladi. Mamlakatimizda buning uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan, – deydi R.Ermatov. – Yoshlarimiz ana shu imkoniyatlardan unumli foydalansa, albatta, o‘z maqsadiga erishadi. “Universiada – 2016” sport o‘yinlari qatnashchilariga omad tilayman. Bu musobaqalar kelgusida sportchilarimizning xalqaro arenalardagi yangi g‘alabalariga poydevor bo‘ladi.

Uchrashuvda Ravshan Ermatov yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.