French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Universiada” musobaqalari g‘oliblari taqdirlandi
13:41 / 2025-05-30

Bugungi kunda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, sport bilan muntazam shug‘ullanishni keng targ‘ib qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.

Oliygoh talaba-yoshlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish va salomatlikni mustahkamlash maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Xususan, 2024–2025 o‘quv yili davomida oliygoh talabalari o‘rtasida “Universiada” sport o‘yinlari o‘tkazilib, unda 286 mingga yaqin yoshlar faol ishtirok etdi. 

Talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan bu yilgi yozgi "Universiada" o‘yinlari orqali 43 ming 470 nafar yosh qamrab olindi. 

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “Universiada-2025” sport musobaqalarining respublika final bosqichi g‘olib va sovrindorlariga “Prezident sovg‘asi”ni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Final bosqichi yakuniy natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni Toshkent viloyati jamoasi egalladi. 2-o‘rin Buxoro viloyati jamoasiga nasib etdi. 3-o‘ringa Toshkent shahri jamoasi loyiq deb topildi.

N.Rahmonova, O‘zA