Bugun, 4 avgust kuni Xitoyning Chendu shahrida davom etayotgan XXXI yozgi Butunjahon Universiada o‘yinlarida 17 nafar sportchimiz qilichbozlik, tennis, taekvondo va yengil atletika musobaqalarida ishtirok etadi.
Yengil atletikachimiz Barnoxon Sayfullayeva balandlikka sakrash dasturidagi saralash bahslarida ishtirok etsa, qilichbozlarimizdan Anvarxon Solixo‘jayev, Ahmadilloxon Solixo‘jayev, Muxammad Yusuf Asranov, Ilyas Molina rapira yo‘nalishining yakkalik, Gulistan Perdebayeva, Zaynab Dayibekova, Aysulu Usnatdinova sablya yo‘nalishining yakkalik bellashuvlarida o‘z omadlarini sinab ko‘radi.
Shuningdek, taekvondochilarimiz Ozoda Sobirjonova, Feruza Sodiqova, Behruz Isayev, Diyor To‘xliboyev, Najmiddin Qosimxo‘jayev, Shuhrat Salayev medallar uchun Universiada dayaniga chiqsa, tennischimiz Sergey Fomin AQSH vakili Krall Viliam Erik bilan chorak final o‘yinini o‘tkazadi.
Ayni chog‘da yurtimiz talaba-sportchilari 11 ta medal jamg‘ardi. Universiada o‘yinlari 8 avgustga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA