Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Universiada mash’alasi Farg‘onada
16:31 / 2016-05-26

“Universiada – 2016” sport o‘yinlari mash’alasi Farg‘ona shahriga yetib keldi.

“Universiada – 2016” sport o‘yinlari mash’alasi Farg‘ona shahriga yetib keldi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yosh avlodni sog‘lom va barkamol insonlar qilib tarbiyalashning muhim vositalaridan biri bo‘lgan jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga doimiy e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

“Universiada – 2016” sport o‘yinlari mash’alasi olib o‘tilgan hududlarda tantanali marosimlar tashkil etildi. Unda keng jamoatchilik vakillari, turli kasb egalari, mehnat faxriylari, yoshlar ishtirok etdi.

Mash’ala bugun “Universiada – 2016” respublika sport musobaqalarining tantanali ochilish marosimi bo‘ladigan “Istiqlol” stadioniga olib boriladi.
– Universiada mash’alasini olib o‘tish estafetasida qatnashganimdan xursandman, – deydi Farg‘ona davlat universiteti talabasi Muhayyo Ismoilova. – Men sport bilan muntazam shug‘ullanaman. Bunday tadbirlar yoshlar o‘rtasida o‘zaro do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlaydi.

– Ushbu sport bayrami farg‘onaliklar qalbida g‘urur-iftixor, ertangi kunga ishonch tuyg‘ularini yanada jo‘shtirmoqda, – deydi Farg‘ona shahri “Nafosat” mahalla fuqarolar yig‘ini maslahatchisi Fotimaxon Karimova. – Ta’lim sohasida mehnat qilganman. Istiqlol yillarida yoshlarimizning ta’lim-tarbiya olishi, kasb-hunar egallashi, sport bilan shug‘ullanishi yo‘lida ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Buning samarasini yoshlarimizning dunyoqarashi, erishayotgan yutuqlarida yaqqol ko‘rib turibmiz.