Universiada ishtirokchilarining yoshi uzaytirildi
Ma’lumki, bu yil Xitoyning Chendu shahrida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan XXXI yozgi universiada o‘yinlari epidemiologik vaziyat tufayli kelgusi yilning 26 iyun-7 iyul kunlariga ko‘chirilgan edi.
Sportning 18 turi bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan butunjahon talabalar universiadasida 268 ta medallar jamlanmasi o‘ynaladi.
Shu paytgacha talabalar o‘yinlarida 18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lganlar ishtirok etib kelardi. O‘yinlarning bir yil kechikib o‘tkazilayotganligi sababli Chendu-2021 bahslarida 26 yoshgacha bo‘lgan talabalarga ishtirok etishiga ruxsat berildi, deyiladi Xalqaro talabalar sporti federatsiyasi (FISU) sayti tarqatgan xabarda.
T. Ro‘ziyev, O‘zA