Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Universiada: bugun 5 nafar dzyudochimiz musobaqalarda ishtirok etadi
12:48 / 2025-07-25

Germaniyaning bir qator shaharlarida davom etayotgan XXXII Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlarida O‘zbekiston sport delegatsiyasi 3 ta oltin, 4 ta kumush, 7 ta bronza medali bilan 150 ga yaqin davlat orasida 11-o‘rinni egallab turibdi.

Bugun, 25 iyul kuni o‘yinlar dasturidan o‘rin olgan 13 ta sport yo‘nalishida musobaqalar o‘tkazilsa, 6 ta sport turida g‘olib va sovrindorlar aniqlanishi kutilmoqda. 

Dunyoning 8 ming 500 nafardan ziyod sportchi-talabalari ishtirokida davom etayotgan yozgi Universiada o‘yinlarining bugungi bahslarida mamlakatimiz talaba-dzyudochilari g‘oliblik uchun kurash olib boradi. 

Xususan, terma jamoamiz a’zosi Marjona Ko‘chimova -78 kilogrammda, Irisxon Qurbonboyeva +78 kilogrammda, Nurbek Murtazoyev -90 kiloda, Muhammadsodiq Sodiqov -100 kiloda va Islombek Ravshanqulov +100 kiloda Vatanimiz sharafini himoya qiladi. 

Eslatib o‘tamiz, Universiada o‘yinlarining o‘ninchi kungi bahslari oldidan AQSH delegatsiyasi 28 ta oltin, 20 ta kumush va 25 ta bronza medali bilan umumjamoada yetakchilik qilmoqda. 

XXXII Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlarining tantanali yopilish marosimi 27 iyul kuni tashkil etiladi. 

T.Ro‘ziyev, O‘zA