Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Universiada-2025”: Sportchilarimiz bugun 4 ta sport turi bo‘yicha o‘z omadini sinovdan o‘tkazadi
09:43 / 2025-07-21

Germaniyada davom etayotgan XXXII Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlarining to‘rtinchi kuni yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasining medallari soni 2 tadan oltin va bronza hamda 3 ta kumush, jami 7 taga yetdi.

Ushbu kunda faqatgina taekvondo WT bahslarida birgina sportchimiz shohsupaga ko‘tarildi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, musobaqaning vazni 58 kilogrammgacha bo‘lgan taekvondochilar bellashuvida ishtirok etgan Shamsiddin Qurbonov bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, stol tennisi bahslarida Marhabo Magdiyeva mo‘g‘ulistonlik Namunbaygali Erdeneni 3:0 hisobida taslim etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.  

Bugun, 21 iyul kuni sportchilarimiz suzish, yengil atletika, stol tennisi va taekvondo WT yo‘nalishlarida medallar uchun raqobatlashadi.

Ma’lumot o‘rnida: “Universiada-2025” musobaqasining o‘tgan to‘rt kuni yakuniga ko‘ra, AQSH delegatsiyasi 13 ta oltin, 8 ta kumush, 15 ta bronza medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida birinchi bo‘lib turibdi. Xitoy esa 8 oltin, 12 kumush va 3 bronza medalini qo‘lga kiritgan holda ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. Janubiy Koreya esa 7 ta oltin, 4 kumush va 11 ta bronza bilan kuchli uchlikdan joy olgan.  

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA