Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Universiada-2025”: Shamsiddin Qurbonov bronza medali sohibi
21:20 / 2025-07-20

Germaniyada davom etayotgan XXXII Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlarida Shamsiddin Qurbonov taekvondo WT bellashuvlarida shohsupaga ko‘tarildi.

Musobaqaning bugungi kungi bellashuvlari doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasining -58 kg.vazn toifasidagi vakili Shamsiddin Qurbonov dastlabki bosqichda pokistonlik Muhammad Tayyabni 2:0, nimchorak finalda Turkiya termasi a’zosi Enes Kaplanni 2:1 va chorak final bosqichida yaponiyalik Shoki Asadani 2:0 hisobida taslim etdi va delegatsiyamiz hisobiga bronza medalini taqdim etdi.

Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasining ayni damdagi medallari ikki oltin, uch kumush va ikki bronza, jami 7 taga yetdi.  

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA