“Universiada-2025”: Najmiddin Qosimhojiyev bronza medali sohibi bo‘ldi
Germaniyada davom etayotgan XXXII Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlarida taekvondo WT bo‘yicha 74 kg vazn toifasidagi bahslar yakunlandi.
Unda hamyurtimiz Najmiddin Qosimhojiyev munosib ishtirok etib, bronza medalini qo‘lga kiritdi. Darvoqe, Najmiddin “Chengdu-2021” Universiadasida ham bronza medaliga ega chiqqan edi.
Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasining ayni damdagi medallari ikki oltin, uchtadan kumush va bronza, jami 8 taga yetdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA