Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Universiada – 2025”: bugun vakillarimiz 4 sport turi bo‘yicha raqobatlashadi
10:08 / 2025-07-17

Germaniyada XXXII Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda dunyoning 119 mamlakat delegatsiyalari qatorida O‘zbekiston delegatsiyasi ham arenadan o‘rin oldi. Ochilish marosimidan so‘ng XXXII Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlari rasman ochiq deya e’lon qilindi.  

Bugun 17 iyul kuni sportchilarimiz suzish, tennis, badiiy gimnastika va suvga sakrash bo‘yicha bahslarda o‘z ishtirokini boshlaydi.  

Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlarida dunyoning 119 mamlakatidan 5100 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etmoqda. Mamlakatimiz sport vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibidan 11 sport turida 18 ta oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi 54 nafar sportchi-talaba ishtirok etmoqda.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA