Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Universiada: 16 nafar sportchimiz bugungi bahslarda vatanimiz sharafini himoya qiladi
10:36 / 2023-08-02

Bugun 2 avgust. Universiada o‘yinlarining oltinchi kuni boshlandi. Kun davomidagi musobaqalarda yurtimizning 16 nafar sportchisi tennis, ushu, taekvondo, yengil atletika, qilichbozlik, sport gimnastikasi musobaqalarida yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Yengil atletikachimiz Farida Soliyeva 400 metrga yugurish bahslarida qatnashsa, qilichbozlarimizdan Aziza Hamidova, Sevara Rahmonova, Shahnoza Egamberdiyeva, Marjona Zubaydulloyeva yakkalik shpaga musobaqalarida, Musa Aymuratov, Sherzod Mamutov, Azizbek Dauletnazarov yakkalik sablya bellashuvlarida medallar uchun kurash olib boradi.

Gimnastikachilarimiz Ravshan Kamiljanov, Rustambek Ne’matov, Asadbek Azamov yakkalik saralash va jamoaviy finallar bosqichlarida o‘z omadlarini sinovdan o‘tkazadi. Tennischimiz Sergey Fomin 3-tur o‘yinlarida yaponiyalik Ryotaro Taguchi bilan ro‘baro‘ kelsa, ushu musobaqalarida terma jamoamiz a’zosi Azizbek Isroilov 80 kilogramdagi chorak final janglarida turkmanistonlik Meylis Raxmanov bilan Universiada o‘yinlari finalchisi nomini aniqlaydi.  

Shuningdek, yurtimiz taekvondo(WT)chilari Najmiddin Qosimxojiyev, Iroda Mirtojiyeva, Feruza Sodiqova ham Chendu-2021 medallari uchun da’vogarlik qilishadi.

Ortda qolgan bahslar sarhisobiga ko‘ra, hamyurtlarimiz 6 ta kumush, 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoada 20-o‘rinda bormoqda.

Universiada o‘yinlari 8 avgustga qadar davom etadi.

 

T. Ro‘ziyev, O‘zA