«Universal sport saroyi»dan fotoreportaj
Poytaxtimizdagi «Universal sport saroyi»da kattalar o‘rtasida kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqaning ikkinchi kunida polvonlar 5 ta vazn toifasida g‘oliblik uchun bahs olib bordi. Muxlisa Qodirberganova (63 kg., Xorazm), Malika Qahhorova (70 kg., Toshkent sh.), Flyura Ergasheva (78 kg., Toshkent sh.), Umid Esonov (81 kg., Navoiy), Javohir Mirzamurodov (90 kg., Toshkent viloyati) kabi sportchilar g‘oliblik shohsupasining eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
[gallery-10704]
Mazkur musobaqada g‘olib bo‘lgan sportchilar 2023 yilgi jahon va Osiyo chempionatlari hamda joriy yilda Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlarida vatanimiz sharafini himoya qiladilar.
Muhammad AMIN olgan (surat), O‘zA