Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
UniRank xalqaro platformasida oliy ta’lim muassasalari reytingi e’lon qilindi
16:00 / 2025-12-03

Ta’lim tizimini rivojlantirishga bo‘lgan so‘nggi yillardagi samarali harakatlar o‘z mevasini berayotgani kishini quvontiradi. Ayniqsa, bu xalqaro reytinglarda o‘z aksini topsa. Xususan, oliy ta’lim tizimi tubdan takomillashtirilib, dunyo miqyosida namunali taraqqiyot sifatida e’tirof etilmoqda.

UniRank xalqaro platformasi 2025 yil uchun O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari reytingini e’lon qildi. Reytingda mamlakatimizning 80 ta oliy ta’lim muassasasi ishtirok etgan bo‘lib, reyting natijalariga ko‘ra 1-o‘rin — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, 2-o‘rin — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, 3-o‘rin — Samarqand davlat tibbiyot universitetiga nasib etdi.

UniRank har 6 oyda 200 ta davlatdagi 14 mingdan ortiq universitetlarning internetdagi faolligini 5 ta asosiy veb-metrika orqali baholaydi. Ko‘rinib turibdiki, texnik taraqqiyot bizning ta’lim tizimimizda ham o‘z aksini topmoqda.

Sherbek Islomov,

O‘zA