French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“UNION CUP-2017” turniri: mahalla yoshlari musobaqasi
18:05 / 2017-09-12

Nukusda mahalla yoshlari o‘rtasida sportning voleybol, basketbol, mini-futbol turlari bo‘yicha “UNION CUP-2017” turnirining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Nukusda mahalla yoshlari o‘rtasida sportning voleybol, basketbol, mini-futbol turlari bo‘yicha “UNION CUP-2017” turnirining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi, jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan musobaqada uning quyi bosqichlarida g‘olib bo‘lgan jamoalar qatnashdi.

Mini-futbol bo‘yicha Xo‘jayli tumani jamoasi g‘olib bo‘ldi. Voleybol bo‘yicha bahsda Qorao‘zak tumani vakillari birinchi o‘rinni egalladi. Basketbol bellashuvida chimboylik sportchilarga teng keladigani topilmadi.