English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
UNICEF: Ukrainada millionlab oila issiqlik, elektr va suvdan mosuvo
12:11 / 2026-01-17

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar jamg‘armasi (UNICEF)ning Ukrainadagi vakili Munir Mammadzoda tuzilmaning Jenevadagi idorasida bo‘lib o‘tgan haftalik matbuot anjumanida chiqish qildi.

Uning ta’kidlashicha, 2022 yil fevral oyidan beri Rossiya bilan urush holatida qolgan Ukrainadagi bolalar hujum va kuchli sovuqdan aziyat chekmoqda. Hozir ushbu mamlakat ziddiyat mobaynidagi eng og‘ir qishni boshdan kechirmoqda.

Poytaxt Kiyev va boshqa yirik shaharlarda qahraton kuzatilmoqda, harorat yanada pasayishi ehtimoli bor.

- Ukraina bo‘ylab millionlab oila issiqlik, elektr energiyasi yoki suvsiz kun kechirmoqda, - deydi mulozim. 

- Bolalar o‘zini xavfsiz his qila oladigan joy qolmagan. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda kuzatiladigan Gipotermiya ayni payt eng tashvishli muammolardan biriga aylandi. Ta’lim holati juda yomon. Qiyin yashash sharoitini kuchaytirgan qish xavfi bolalar orasida fojiali o‘lim sonini oldingi yilga nisbatan 11foiz oshirdi. Qayd etilishicha, o‘tgan yil 92 bola halok bo‘lgan, 652 o‘g‘il-qiz jarohatlangan.

BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari idorasi ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya bilan urush boshlangandan beri faqat hukumat nazoratidagi hududlarda 3200 bola halok bo‘lgan yoki jarohatlangan. UNICEF bolalar ishonchli qo‘nim topadigan tinch aholi manzillari va infratuzilmaga qilinayotgan hujumlarni to‘xtatishga chaqirmoqda.

G.Sattorova, O‘zA