Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“UNG-YOUTH MARATHON” marafoni g‘oliblari taqdirlandi
14:41 / 2023-05-18

Bugun, 18 may “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2023” xalqaro ko‘rgazmasi doirasida yosh mutaxassislar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida “UNG-YOUTH MARATHON” yugurish marafoni o‘tkazildi.

Ko‘tarinki ruhda o‘tkazilgan ushbu yugurish marafonida 500 nafarga yaqin yosh xodimlar ishtirok etdi. Ishtirokchilar marafonda 3 km. masofaga yugurish bo‘yicha bellashdi. Belgilangan masofani birinchi bo‘lib yugurib o‘tgan 6 nafar ishtirokchi g‘olib deb topildi.  

Qizlar o‘rtasidagi bellashuvda:  

1-o‘rin — Durdona Safarova, talaba-ishtirokchi;  

2-o‘rin — Valeriya Ashirova, "O‘zbekgeofizika" AJ xodimi;  

3-o‘rin — Dilafro‘z Burxonova, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi xodimiga nasib etdi.  

Yigitlar o‘rtasidagi bellashuvda:  

1️-o‘rin — Nodir Taniyev, “O‘zLITIneftgaz” AJ xodimi;  

2️-o‘rin — Sherali Musulmonov, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi xodimi;  

3️-o‘rin — Doston Ergashev, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi xodimiga nasib etdi.  

Marаfon yakunida g‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.  

N.Ziyodullayeva, O‘zA