Un va un mahsulotlari ishlab chiqarish liniyasi ish boshladi
Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi hududidagi “Admiral Group” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilgan ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasi tamomlanib, yillik 185 ming tonna un va un mahsulotlari ishlab chiqarish liniyasi ishga tushirildi.
Loyihani amalga oshirishga korxona muassislarining 6 million dollar o‘z mablag‘i yo‘naltirildi. Korxonaga Turkiyadan zamonaviy uskuna va jihozlar keltirildi. Yangi liniyaning ishga tushishi natijasida qo‘shimcha 120 ta yangi doimiy ish o‘rni shakllantirildi. Yillik 185 ming tonna qo‘shimcha un va un mahsulotlari ishlab chiqarish hisobiga korxonaning eksport salohiyati yiliga 20 million dollarni tashkil etadi.
[gallery-10084]
“Admiral Group” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan yiliga jami 350 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.
M.Sulaymonov,
M. Qodirov olgan surat