Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Umumxalq xayriya hasharida Vazirlar Mahkamasi xodimlari faol ishtirok etdi
12:57 / 2022-04-30

FOTOREPORTAJ

Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hasharida Vazirlar Mahkamasi xodimlari ham faol ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 26 apreldagi tegishli farmoyishiga muvofiq shahar, guzar, mahallalar, xiyobonlar hamda aholi turar joylarida umumxalq hasharlari, keng qamrovli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari tashkil etildi.

Har yili yurtimizda umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish an’anaga aylangan.

Shu munosabat bilan, mamlakatimiz aholisi bir yoqadan bosh chiqarib, bahamjihat bo‘lib respublika miqyosida shahar va qishloqlarda keng qamrovli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini uyushqoqlik bilan amalga oshiradilar.

Joriy yilning 30 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri boshchiligida Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlari Toshkent shahridagi Nurafshon va Sharof Rashidov ko‘chalari kesishmasi yonidagi hududda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini uyushqoqlik bilan o‘tkazib, umumxalq hashariga munosib hissa qo‘shdilar.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan hashar yo‘li bilan bunyod etilgan bog‘da Eman, Oq qayin, Majnuntol, Oleandr, Lola, Lipa, Yovvoyi olma singari 200 dan ortiq manzarali daraxtlar ekildi.

[gallery-6890]

O‘zA fotomuxbiri
A’lo ABDULLAEV olgan suratlar