Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Umumta’lim maktablarning yuqori sinflari uchun 4 ta yo‘nalishda tanlov fanlari belgilandi
17:49 / 2023-10-18

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova ishtirokida brifing tashkil etildi.

Unda qayd etilishicha, umumta’lim maktablarning yuqori sinflari uchun 4 ta yo‘nalishda tanlov fanlari belgilandi.  

4 ta yo‘nalishdagi tanlov fanlari:  

– matematika-fizika;  

–ona tili-chet tili;  

–kimyo-biologiya;  

–matematika-chet tili etib belgilandi.  

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023 yil 27 iyundagi “Umumta’lim maktablarida yuqori sinf o‘quvchilarining qobiliyati va tanlovi asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etishni tajriba-sinovdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘i qabul qilindi.  

Mazkur buyruq bilan, shuningdek, tajriba-sinovdan o‘tkazish tartibi, o‘quv rejalari, tushuntirish xati, tajriba-sinovdan o‘tkaziladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi.  

2023-2024-o‘quv yilida respublika bo‘yicha 135 ta umumta’lim maktablari tanlab olinib, ushbu maktablarda jami 137 ta sinflarda 4 ming 50 nafar o‘quvchi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarining tajribalaridan kelib chiqib ishlangan o‘quv dasturlar asosida tahsil olmoqda.  

Xususan, matematika-fizika yo‘nalishida 16 ta, ona tili-chet tili yo‘nalishida 51 ta, kimyo-biologiya yo‘nalishida 40 ta, matematika-chet tili yo‘nalishda 30 ta sinflarda o‘quvchilar o‘zlari qiziqqan yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olmoqda.  

Shu bilan birga, ushbu maktablarga yo‘nalishlar bo‘yicha har bir fan uchun taqvim mavzu rejalar ishlab chiqilib, ta’lim jarayoniga tatbiq etildi hamda uzluksiz ravishda Respublika ta’lim markazi metodistlari, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarining tajribali o‘qituvchilari tomonidan metodik yordam ko‘rsatilib kelinmoqda.  

Shuningdek, tanlov fanlari asosida ta’lim olayotgan o‘quvchilar bilimi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda yo‘lga qo‘yilgan yangi formativ va summativ baholash tizimi asosida baholanadi.  

Kelgusi o‘quv yillardan boshlab, o‘quvchilarining qiziqish va qobilyatiga qarab yangi yo‘nalishlar tavsiya etilishi rejalashtirilgan.  

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA