Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Umumta’lim maktablariga musiqa asboblari va sport jihozlari ajratildi
12:26 / 2021-03-17

Farg‘ona viloyatidagi umumta’lim maktablari 1,5 milliard so‘mlik musiqa asboblari, 7 milliard so‘mlik sport jihozlari bilan ta’minlanadi.

Mamlakatimizda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus bugun yoshlarga chinakam qanot bo‘lmoqda. Shahar va tumanlarda yoshlarni madaniyat, san’at va sportga keng jalb etish, ularda zamonaviy axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.  

Viloyat hokimligi tomonidan umumta’lim maktablariga musiqa asboblari, sport jihozlarining yetkazib berilayotgani bunga yaqqol misoldir.

Yozyovon tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga mazkur jamlanmalarni topshirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

– Viloyat hokimi tashabbusi bilan umumta’lim maktablariga 1,5 milliard so‘mlik musiqa cholg‘u asboblari, 7 milliard so‘mlik sport jihozlari ajratilayotgani yoshlar ta’lim tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi, – dedi viloyat hokimi o‘rinbosari Fayzullo Qosimov. 

– Albatta, bu kabi sa’y-harakatlar chekka hududlarda iste’dodli yoshlarni kashf etish, ularni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Shu kuni tumandagi 39 ta maktabning har biriga rubob, dutor, doira kabi 57 million so‘mlik musiqa asboblari va 117,5 million so‘mlik basketbol, futbol, voleybol, qo‘l to‘plari, stol tennisi kabi sport jihozlari berildi.

 

M. Sulaymonov, O‘zA